"Real" super transferdan butunlay voz kechdi

«Real» «PSJ»dan hujumchi Neymarni sotib olishga ortiq qiziqish bildirmayapti, deb xabar berdi AS.
 
Nashrga ko‘ra, «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres anchadan buyon 27 yoshli braziliyalikni ko‘z ostiga olib kelgan, ammo endilikda u asosiy e’tiborini Kilian Mbappega qarata boshlagan.
Mbappe masalasida ko‘p narsa u «PSJ» bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirishi yoki uzaytirmasligiga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Neymar sobiq jamoasi «Barselona»ga qaytishi kutilmoqda. Dushanba kuni u «PSJ» mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kerak edi, lekin endi belgilangan muddatda jamoa ixtiyoriga etib kelmagani uchun jarima to‘lashi mumkin.
O‘z navbatida kataloniyaliklar Antuan Grizmann transferi bo‘yicha ishlarni hali yakunlab ulgurishgani yo‘q. 
Avvalroq «PSJ» sport direktori Leonardo «Barselona» Neymar transferiga jiddiy qiziqayotganga o‘xshamayapti», deb ta’kidlagan edi.
Shu bilan birga, 10-raqam egasi Barselonaga qaytishga shubha qilmayotgani, Frantsiya chempioni esa transfer oynasi yopilishi arafasida uning narxini 150 mln evrogacha tushirishi mumkinligi haqida ham xabarlar bor.

11.07.2019, 17:30 32 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish