Amerika kubogi 2019 statistikasi, e’tiborga molik faktlar

Amerika kubogi 2019 statistikasi
Braziliya terma jamoasining chempionligi bilan tugagan 2019 yilgi Amerika kubogida qanday qiziqarli statistikalar bo‘lganligi bilan tanishtirib o‘tamiz.
Turnir davomida 26 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shulardan 5 tasida hisob ochilmadi va qolgan 21 ta o‘yinda 60 ta gol kuzatildi. Bu o‘rtacha har bir o‘yinga 2,31 ta gol demakdir. 41 ta futbolchi gol nishonlashga muvaffaq bo‘ldi. 2 ta futbolchi esa o‘z darvozasiga to‘pni kiritib qo‘ydi. Bitta bahsdagi eng ko‘p golni Braziliya termasi guruh bosqichida Peru darvozasiga 5 bor to‘p kiritdi.
D-5v6kPXkAACUw8
Chempionlikni tantana qilgan braziliyaliklar musobaqada 13 bor raqib darvozasiga gol urishdi va bu bilan eng ko‘p gol urgan terma jamoaga aylanishdi. Yana bir qiziq statistika, turnirni chorak finalda tark etgan Kolumbiya termasi biror marotaba to‘p o‘tkazib yubormadi. Musobaqaga mezbonlik qilib chempion bo‘lgan Braziliya termasi 6 ta bellashuvda bor yo‘g‘i bir martta darvozasidan to‘p olib chiqdi (finalda penaltidan Peru termasi gol urgan edi).
Boliviya termasi guruh bosqichining har bir o‘yinida 3 tadan gol o‘tkazib yuborib, umumiy o‘z darvozasidan 9 bor to‘p olib chiqdi va boliviyaliklar bilan bir guruhda ishtirok etgan Peru termasi musobaqa finaliga qadar etib borib, ular ham 9 ta golni o‘tkazib yuborishdi. Paragvay termasi darvozaboni Gatito Fernandes o‘zi ishtirok etgan 4 ta bahsning barchasida o‘yinning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘la oldi. Agar chorak finaldan paragvayliklar o‘ta olishganida, balki Gatito musobaqaning eng yaxshisi ham bo‘lalardi.
Ekvador va Yaponiya termalarining guruh bosqichidagi o‘zaro to‘qnashuviga 7623 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu musobaqada eng kam muxlis kelgan bellashuvdir. Final o‘yinida, Braziliya va Peru termalari bahslashgan uchrashuvda 80 mingdan ziyod muxlis kuzatdi. Bu boradagi yana bir qiziq holatga e’tibor bersak, finaldan tashqari hisoblaganda eng ko‘p muxlis mezbon Braziliya termasi bellashuvida emas, balki guruh bosqichining Chili va Urugvay termalarining o‘zaro o‘yinida kuzatildi va 57442 nafar tomoshabin stadionga keldi.
Umumiy turnir davomida 797 277 ta ishqiboz kelgan. Bu o‘rtacha har bir o‘yinga 30665 tani tashkil etadi. Kolumbiyalik Vilmar Roldan va finalda ishlagan chililik Roberto Tobar musobaqada 3 marotabadan bosh hakamlik vazifasini o‘tashdi.
D-57QtZXkAEcrB3
Boshqa mintaqadan tashrif buyurgan Yaponiya va Qatar termalari birorta g‘alabaga erisha olmay musobaqani guruh bosqichidayoq tark etishdi. Braziliya termasi 12 yil deganda musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi va o‘zining to‘qqizinchi chempionligiga erishdi.

11.07.2019, 15:06 19 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish