"Qo‘qon-1912" xorijlik futbolchini yig‘inga taklif etdi. Tarkibni esa 2 o‘yinchi tark etdi

Chirchiq yig‘ini boshlandi. Tarkibda o‘zgarishlar bor
“Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari kecha Toshkent shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Bugundan esa Chirchiq shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Coca Cola Superligasining 2-davra o‘yinlariga tayrgarlikni jamoa Toshkent viloyatida olib boradi. Chirchiq shahrida futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazishadi. Bugun dastlabki mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarda vaqtliroq ta’tilga chiqqan Murod Holmuhammedov, Shahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov va qolgan barcha futbolchilari ishtirok etishdi.
Tarkibda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Jamoani tajribali futbolchi Jasur Hasanov hamda Behruz Sa’dilloev tark etishdi. Bu futbolchilarning qaysi jamoaga borib qo‘shilishlari yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi.
O‘z o‘rnida “shunqorlar” yig‘inida yangi nomlar ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Qo‘qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi Otabek Haydarov (Qirg‘izistonning “Neftchi” jamoasidan), “Paxtakor” jamoasidan yosh iqtidorli yarim himoyachi Sobit Sindarov, “Neftchi” jamoasidan yana bir iqtidorli yosh hujumchi Hamidillo Abduhamidov hamda tajribali himoyachi Alisher Samatov jamoaning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi. Serbiyalik himoyachi Marko Milich yozgi tanaffusdan foydalanib o‘z yurtiga uchib ketgan edi. Milich yaqin kunlarda jamoa ixtiyoriga etib keladi.
Chirchiq yig‘ini ikki qismdan iborat bo‘ladi. Dastlabki yig‘in 18 iyul kuniga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, yig‘in so‘ngida Coca Cola Superligasi klublaridan biri bilan nazorat uchrashuvi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” jamoasi 2-davraning dastlabki uchrashuvini 26 iyul kuni Toshkent shahrida “Paxtakor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

11.07.2019, 14:26 17 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish