"Dinamo" tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

«Dinamo» Chimyon va Toshkentda yig‘in o‘tkazadi
Birinchi davra yakunlanganidan keyin besh kunlik qisqa ta’tilga chiqqan “Dinamo” jamoasi 12 iyul kunidan Superliga ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa 12 iyul, juma kuni Samarqanddan Chimyon tog‘li-hududiga jo‘nab ketadi. U erdagi mashg‘ulotlarda murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatiga katta e’tibor qaratishadi. Tog‘dagi yig‘in bir hafta davom etib, 19 iyulda yakunlanadi.
20 iyuldan esa “Dinamo” Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Bir haftalik yig‘in davomida nazorat uchrashuvlari o‘tkazilib, tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” jamoasi 27 iyul kuni Superliga 14-turi doirasida Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv bilan ikkinchi davrani boshlaydi.

11.07.2019, 14:21 20 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish