Rasman! "Atletkio" Moratani to‘liq sotib oldi

“Chelsi” va “Atletiko” jamoalari hujumchi Alvaro Morata transferi borasida kelishuvga erishdilar.


26 yoshli futbolchi qishki transfer mavsumida bir yarim yillik ijara asosida madridliklar safiga kelib qo‘shilgan edi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, “Atletiko” Moratani keyingi yozda, ijara muddati tugashi arafasida sotib oladi.

Avvalroq agar “Atletiko” Moratani 50 mln funtga sotib olmasa, “Chelsi” futbolchini ortga qaytarishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Ispaniyalik futbolchi 2017 yilning yozida “Real”dan 70 mln funt evaziga “Chelsi”ga o‘tgandi.

06.07.2019, 17:28 24 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish