"Yuventus" etakchisi PSJga o‘tishga yaqin

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
 
Gazzetta dello Sport nashrining ma’lumotiga qaraganda, PSJ ayni damda italiyalik futbolchining vakillari bilan muzokarani boshlab yuborgan.
“Yuventus” yaqin vaqt ichida Matteys de Ligtni sotib oladi, shuning uchun Bonuchchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
 Parijliklar Bonuchchi uchun 10 mln evro maosh to‘lashga tayyor.

29.06.2019, 19:26 85 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish