Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini davom ettiradimi?

Anjumanda O‘FA rahbariyati jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishmoqda.
Jumladan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini davom ettirish yoki to‘xtatishi borasidagi savollarga javob qaytardi.
"Ish ko‘p, borimizni berib ishlamasak, natijalar pasayib ketadi. Bir vaqtda ikki quyonni ovlash yaxshi emas. Shu bois hakamlik masalasida 3 oylik pauza qilishga qaror qildim. Avvalo o‘zbek futbolini rivojlantirishga e’tibor qaratish kerak. Xitoy va Saudiya Arabistoni chempionatlarida shartnoma asosida ishlab kelar edim va ular ham buni to‘g‘ri qabul qilishdi", - dedi Ermatov.

29.06.2019, 12:45 34 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish