Ukraina jahonda tengsiz! Bu qanday bo‘ldi? (Erkin G‘aybullaev blogi)

Pley-off baxslarida ham 4ta terma jamoa mag‘lub etildi. Ular qatorida kuchli Kolumbiya va Italiya ham bor edi.
O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati Polshada bo‘lib o‘tdi. Kechagina yakunlangan turnirning bosh sovrinini Ukraina termasi qo‘lga kiritdi. Ular Evro-2019 musobaqasidagi ijobiy ishtiroklari sabab (yarim final) jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi. Evropa Chempionatida ulardan tashqari Portugaliya, Frantsiya, Italiya va Norvegiya termalari ham shunday imkoniyatga ega bo‘lishgan edi.
Evropa Chempionatida ham Ukraina guruhda Frantsiya hamda Angliyani ortda qoldirib keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Ammo yarim finalda ularni Portugaliya yirik 5-0 hisobida mag‘lub etdi.
Polshadagi Jahon chempionatida Ukraina o‘z guruhida biror marta mag‘lub bo‘lmadi va guruhni birinchi o‘rinda yakunladi:
  • Ukraina — AQSh— 2:1
  • Ukraina — Qatar — 1:0
  • Ukraina — Nigeriya — 1:1
Pley-off baxslarida ham 4ta terma jamoa mag‘lub etildi. Ular qatorida kuchli Kolumbiya va Italiya ham bor edi.
  • 1/8 finala. Ukraina — Panama — 4:1
  • ¼ finala. Ukraina — Kolumbiya — 1:0
  • ½ finala. Ukraina — Italiya — 1:0
  • Final. Ukraina — Koreya — 3:1
Ukrainlar uchun baxslarning eng qiyini, shubhasiz, Italiya bilan o‘yin hisoblanadi. O‘yinning qo‘shimcha vaqtida 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan ukrainlar bir kishi kam bo‘lib kurashayotgan bir paytda, italyanlardan gol o‘tkazib yuboradi. Ammo Djaunluka Skamakkining goli VAR orqali ko‘rilib, hujumda “fol” deb topiladi va bekor qilinadi.
Finalda esa ular Koreya ustidan ishonchli g‘alaba qozonishadi. Butun turnir davomida o‘zini ko‘rsata olmagan 19 yoshli Kievning “Dinamo” jamoasi hujumchisi Vladislav Supryaga dublga erishadi.
Murabbiy va lider futbolchi
Supryaga – Ukraina yoshlarining eng qimmat o‘yinchisi. Transfermarket.de ma’lumotiga qaraganda, yosh futbolchi hozirdanoq 4,5 mln evroga baholanmoqda. Bunday yoshdagi eng qimmat o‘yinchi Ukraina safida Andrey Lunin hisoblanadi. U 19 yoshida 7,5 mln evroga baholangan edi. O‘tgan yili Luninni “Real” qo‘lga kiritib, “Leganes”ga ijaraga berib yuborgan edi.
Aleksandr Pertakov- Ukrainaning “Dinamo” jamoasi tarbiyalanuvchisi. U o‘z faoliyati davomida Ukrainaning o‘rtamiyona klublarida to‘p surgan. Murabbiylik faoliyatini “Torpedo” jamoasida boshlagan, Kievning “Dinamo” jamoasining yoshlari bilan ishlagan. 2010 yildan boshlab yoshlar bilan ishlashni boshlagan. U Ukraina yoshlarini Evropa va Jahon chempionati saralashlaridan o‘tkaza oldi. Ikkita turnirda ham yorqin o‘yinlarni namoyish etdi.
Ukraina MDH davlatlari ichidan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan birinchi jamoaga aylandi.
20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida jahon chempionati 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. Bunday turnirda g‘alaba qozonish o‘yinchilarni dunyoga tanitadi. Masalan aynan 2011 yildagi musobaqadan keyin, Oskar, Koutinyu yoki Kazemiyro jahon yulduzlariga aylanishdi. Ikki yil o‘tgach Fransiya va uning bo‘lajak yulduzlari Yumtiti, Kondogbiya, Zuma va Pogba katta sahnaga chiqishdi. 2015- yilda serblar zafar quchishdi. So‘nggi musobaqada Angliya musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritishib, dunyo yulduzlarini jahonga tanitishdi.
Bunday nufuzli musobaqada g‘alaba qozongan ukrainlar ham jahon taniydigan futbolchilarga aylanishlari mumkin.
Umuman olganda, Ukraina futbolchilari kuchli chempionatlarda o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda. Yarmolenko, Konoplyanka, Zinchenko APL va Bundesligada o‘z jamoalari etakchilariga aylanishgan. Ukraina yoshlari ham bunday “chaqiruv”larga tayyor! Bunday deyishimizga ularning musobaqadagi ijobiy o‘yinlari asos bo‘la oladi.

16.06.2019, 08:22 86 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish