Copa America-2019! G‘olib kim bo‘ladi? (Erkin G‘aybullaev blogi)

Bukmekerlar bu yilgi chempionat uchun o‘z raqamlarini taqdim etishdi. Unga ko‘ra jamoalarning musobaqada g‘olib bo‘lishlari uchun imkoniyatlar quyidagicha joylashgan. 

Favoritlar va Autsayderlar


Albatta Braziliya bu musobaqada asosiy g‘oliblik uchun davogar hisoblanadi. Messining Argentinasida ham bunday imkoniyat yo‘q emas. Oskar Tabares boshchiligidagi Urugvay termasi ham jamoaga kuchli tarkib bilan tashrif buyurishgan. Xo‘sh, 2019 yilgi Amerika kubogi kimga nasib etishi mumkin? 

#        Jamoalar            Imkoniyatlar foiz hisobida
1         Braziliya                 39%
2         Argentina                18%
3         Urugvay                   11%
4         Chili                        9%
5         Kolumbiya                8%
6         Peru                       4%
7         Paragvay                2.5%
8         Venesuela               2.5%
9         Ekvador                  2%
10       Yaponiya                    2%
11       Boliviya                 1.5%
12       Katar                    0.5%
 
Keling, ularning fikriga to‘xtalib o‘tsak.
Braziliyani birinchi raqamda e’tirof etmaslik uchun faqatgina pastda nomlari keltirilgan jamoalarning ashaddiy muxlisi bo‘lish kerak. Qolgan barcha futboldan xabardor kishilar Braziliyaning imkoniyatlarini yaxshi bilishadi. Bundan tashqari braziliyaliklarning muxlislari oldida qarzlari bor. Ular o‘z uylarida 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan Jahon chempionatini bir eslang...
2016-yilgi Amerika Kubogi ham ular uchun omadsiz yakunlangan. O‘shanda ular Peru va Ekvadorni o‘zlaridan oldinga o‘tkazib, guruh bosqichida musobaqani yakunlashgan edi. O‘z uylarida bo‘layotgan musobaqa aynan mana shu “ayb”larni yuvish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lib turibdi. 
Neymarning jamoa safida emasligi ham braziliyaliklarni birinchi raqamli da’vogar nomidan mahrum qila olmaydi. Murabbiyda o‘z pozitsiyasida eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilar bor. Murabbiy tanlash imkoniyatidan maksimal foydalandi, lekin ba’zi qarorlar tushunarsiz. 
Braziliya Osiyo qit’asida o‘ynaydigan futbolchilarni chaqirmadi. Aynan Fernandinoning yo‘qligi Rossiya mundialida Braziliyaning zarariga ishlagan edi. Bundan tashqari Kazemiro ham yorqin o‘yin namoyish etmadi. Fabinoning jamoaga chaqirilmagani esa kutilmagan qaror. 
Braziliya musobaqada g‘olib bo‘lmadi deb hisoblaylik, unda yana kim bor. Mutaxassislar Messi boshlik Argentinani musobaqaning ikkinchi raqamli favorit qatoriga joylashtirishibdi. Bu ikkinchi raqamli Argentina aynan “ikkinchi raqam lan’ati”ga uchrashgan ko‘rinadi. So‘nggi besh turnirning to‘rttasida jamoa kumush medallar bilan uyga qaytishgan. 
Messi Jahon Chempionatidagi omadsiz ishtirokdan so‘ng jamoada muhim ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganini aytdi. Jamoada futbolchidan ko‘ra murabbiyning obro‘si balandroq bo‘lsa va u to‘g‘ri qarorlar chiqarsa, Argentina musobaqani ijobiy hal qilishi mumkin.
Urugvay termasini ham e’tirof etish zarur. Jamoa musobaqaga kuchli murabbiy va ajoyib futbolchilar bilan kelishdi. Jamoadagi muhit hamma narsani hal qilishini ko‘p jamoalar isbotlashdi. Aynan shuning uchun, Urugvay termasining imkoniyati Argentinadan balandroq deyishga asos bor. 

Kolumbiya hamda Chili termalarida ham imkoniyatlar yuqori. Chili termasining o‘rtacha yoshi 29da. Ularda avlodlar almashinuvi ro‘y bermadi. Shu paytgacha yaxshi o‘yin namoyish etayotgan jamoa “yangi qon”ga muhtoj edi. Ammo murabbiylar tajribaga ishonishmoqda.
Kolumbiya esa o‘zgacha kayfiyatda. Keyrush boshliq Kolumbiyaning imkoniyatlari Chilidan balandroqdek. 

Guruh bosqichini sarhisob qiladigan bo‘lsak, A guruhida musobaqada ishtirok etayotgan Braziliya termasi osonlik bilan bu bosqichdan o‘tishini tahmin qilish mumkin. Boliviya yaqqol autsayder. Venesuela va Peru jamoalar mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rindan joy olishlari mumkin. 
B guruhida Argentinaning imkoniyati yuqori. Bu guruhdan Osiyo jamoasidan tashqari barcha keyingi bosqichga yo‘l olishsa kerak. 
C guruhida ham Yaponiya guruh bosqichidan musobaqani yakunlab, Braziliya go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishlari ko‘rinib turibdi. Sababi Urugvay, Chili va Ekvador jamoalari “samuraylar”dan ancha kuchli.

Mana shu erda yarim final va final uchun ham tahminlarimni qoldirsam. 
Amerika Kubogining yarim final bosqichiga Braziliya, Kolumbiya, Argentina hamda Urugvay termalari etib kelishi mumkinligini, ularning jamoa tarkibi, shu paytgacha musobaqalardagi natijalaridan kelib chiqqan holda o‘ylash mumkin. 

Chin ko‘ngildan Braziliya va Argentina o‘rtasidagi finalni tomosha qilgan bo‘lar edim. 
Bu juftlikni Jahon Chempionatining final bosqichida ko‘rish nasib qilmadi. Ammo hozir bu juftlikda final yo‘llanmasiga ega bo‘lib, “daxshatli” final ko‘rsatish imkoniyati mavjud. O‘ylaymizki, jamoalar bunga “labbay” deb javob berishadi. 

Bunday finalga faqat Urugvay ko‘nmasligi mumkin.
Suhbatni futboldan boshlaydigan braziliyaliklar katta futbol bayramiga tayyor! Siz ham tayyor bo‘ling! 
 

15.06.2019, 20:18 135 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish